Amerika mammologlar jamiyati
Amerika mammologlar jamiyati (inglizcha: American Society of Mammalogists, (ASM) — 1919-yilda tashkil etilgan ilmiy jamiyat. Jamiyatning maqsadi sutemizuvchilarni oʻrganishga qiziqishni ragʻbatlantirishdir. Tashkilot 2500 ga yaqin aʼzo, jumladan, koʻplab professional teriologlarga ega.
ASM Journal of Mammalogy va Mammalian Species , shuningdek, Special Publications va Society Pamphlets jurnallarini nashr qilish uchun javobgar.
Mammal Images Library
1997-yilda Amerika mammologlar jamiyati notijorat taʼlim dasturi boʻlgan Mammal Images Library („Sut emizuvchilar tasvirlari kutubxonasini“) ishga tushirdi. 2004-yilda oʻsha paytda mavjud boʻlgan barcha fotosuratlar skanerdan oʻtkazilgan va onlayn galereyaga oʻtkazilgan. Hozirgacha tasvirlar kutubxonasida 2000 dan ortiq biologik turga mansub sutemizuvchilarning 6000 dan ortiq fotosuratlari mavjud.
ASM Mammal Diversity Database
2018-yilda yaratilgan Amerika mammologlar jamiyati maʼlumotlar bazasi (ASM Mammal Diversity Database, MDD) hozirda 6500 dan ortiq sutemizuvchilar turlari haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. MDD oʻzini Mammal Species of the Worldning vorisi sifatida eʼlon qiladi, uning uchinchi va oxirgi nashri 2005-yilda nashr etilgan. Maʼlumotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib turadi va sutemizuvchilar taksonomiyasi haqidagi eng dolzarb maʼlumotlarni umumlashtiradi.
2018-yilgi ilmiy maqolada soʻnggi 13-yil ichida sutemizuvchilar taksonomiyasidagi oʻzgarishlarni baholash uchun MDD maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org