Amerika mamlakatlari aro oʻzaro yordam shartnomasi
Amerika mamlakatlari aro oʻzaro yordam shartnomasi (1947-yildagi Rio-de-Janeyro pakti), odatda „
Rio pakti “ deb nomlanuvchi, 1947-yilda Amerikaning aksariyat davlatlari tomonidan Rio-de-Janeyroda imzolangan shartnoma.
Bu shartnomaning asosiy tamoyili shundan iborat ediki, shartnomada ishtirok etuvchi har qanday davlatga hujum qilish shartnomada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarga hujum qilishni anglatadi. Shunday qilib, bu shartnoma oʻzaro mudofaa shartnomasidir. Shartnoma imzolash uchun 1947-yilda ochilgan boʻlsa-da, oxirgi davlat uni faqat 1982-yilda imzolagan va ratifikatsiya qilgan. Bu davlat Bagama orollari edi.
Braziliya Amerikalararo oʻzaro yordam shartnomasining saqlovchi davlati va Amerika Davlatlari Tashkiloti (ADT) tashkiliy va texnik ehtiyojlar uchun depozitariy tashkilotdir.
Tarixi
Shartnoma 1947-yil 2-sentabrda Rio-de-Janeyroda barcha tomonlarning imzolari bilan qabul qilingan va tasdiqlangan. Ammo u faqat 1948-yil 3-dekabrda kuchga kirdi va 1948-yil 10-dekabrda shartnoma BMTda roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu 1945-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan Amerika mamlakatlari aro konferentsiyada imzolangan Chapultepek deklaratsiyasining oʻziga xos takomillashgan varianti hisoblanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Monro doktrinasi ostida qitʼa mudofaa siyosatini qoʻllab-quvvatladi
1967-yilda Trinidad va Tobago va 1982-yilda Bagama orollari bundan mustasno boʻlgan, 1947-yildan beri hech bir mustaqil davlat shartnomaga qoʻshilmagan.
2002-yilda, AQSh Iroqqa bostirib kirishidan oldin, Meksika 1982-yilda Malvinas (Folklend) orollari boʻyicha Argentina-Britaniya mojarosi paytida (Vashington Buyuk Britaniyani qoʻllab-quvvatlagan) AQShning xatti-harakatlariga ishora qilib, Amerikalararo oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi kelishuvdan chiqdi.
2012-yil 5-iyunda Boliviya, Venesuela, Nikaragua va Ekvador tashqi ishlar vazirlari OASning 42-Bosh assambleyasida Amerika xalqlari bolivar ittifoqi (ALBA) nomidan nutq soʻzlab, oʻzlarining Amerika oʻzaro yordam shartnomasidan chiqishlarini eʼlon qilishdi. 2012-yilda Boliviya, Kuba, Nikaragua va Ekvador, 2013-yilda Venesuela shartnomadan chiqishdi.
2019-yil iyun oyida prezident Maduroga muxolifat boshchiligidagi Venesuela parlamenti Venesuelani Amerika mamlakatlari aro oʻzaro yordam shartnomasida qayta tiklashni soʻradi.
Ishtirokchi davlatlar
uz.wikipedia.org