Amerika laylagi




Amerika laylagi (lotincha: Ciconia maguari ) — laylaklar oilasiga mansub Janubiy Amerika qushi. Laylaklarning yirik turi boʻlib, Janubiy Amerikaning koʻp qismida mavsumiy botqoqliklarda yashaydi. Tashqi koʻrinishida oq laylakka juda oʻxshaydi lekin biroz kattaroq.

Tavsif



Amerika laylagining uzunligi 90 sm, qanotlari uzunligi 120 sm va vazni 3,5 kg ga yetadi. Asosan oq rangda boʻlib, dum patlari qora rangda. U xuddi shunaqa koʻrinishdagi oq laylakdan qora vilka shaklidagi dumi, koʻk-kulrang tumshugʻi (katta qushlarda), koʻz atrofidagi terining qizgʻish-toʻq sariq dogʻi va oq irisi bilan ajralib turadi. Ushbu qushlar tutqinlikda (qoʻriqxona yoki hayvonot bogʻida) 20 yildan ortiq yashaydi.

Tarqalish



Amerika laylagi Janubiy Amerikada, And togʻlarining sharqida, Venesueladan Argentinagacha boʻlgan nam joylarda va qishloq xoʻjaligi yerlarida yashaydi.

Oziqlanish



Amerika laylagi baliq, qurbaqa, kerevit, mayda kemiruvchilar, ilonlar, suv hasharotlari va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

Koʻpayish



Erkak qush 3 yoshda, urgʻochi qush esa 4 yoshda jinsiy yetuklikka erishadi. Qushlar 60 sm masofada 5 tadan 15 tagacha boʻlgan koloniyalarda uyalar quradilar. Uya 1 m dan 6 m gacha balandlikdagi butalar, kichik daraxtlar ustida yoki zich oʻsimliklar ustida joylashadi. Uyalar doimo suv bilan oʻralgan. 2 tadan 3 tagacha tuxum qoʻyishadi. Joʻjalarning tuxumdan chiqishi 29 dan 32 kungacha davom etadi. Joʻjalar oq rangda tugʻiladi, keyin ularning patlari qorayadi va 3 oydan keyin ular ota-onalariga oʻxshash boʻladi.

Fotosurat




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz