Amerika angusi




Amerikan Angus - Amerikada goʻshti uchun boqiladigan qoramollar zoti. U Shotlandiyadagi qoramollarning Aberdin Angus zotiga borib taqaladi, lekin faqat qora rangda boʻlishi mumkin. Qizil rangdagilari Amerika Angus Assotsiatsiyasida roʻyxatdan oʻtmagan. Ammo Red Angus sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Tarixi




Shotlandiyadagi Aberdin Angus zotining bir nechta vakili taxminan 1859-yilda Kanadaning Monreal shahriga olib kelingan, ammo bundan keyin nima boʻlgani haqida boshqa hech narsa maʼlum emas. Ushbu zotning Qoʻshma Shtatlarga eng birinchi olib kelinishi 1873-yilga toʻgʻri keladi. Shotlandiyalik mulkdor Jorj Grant Kanzas shtatining Viktoriya shahridagi yashash joyiga ushbu zot vakillaridan bir nechtasini olib keladi, ularni Texasning Longhorn zoti bilan chatishtirishadi. 1878-yildan 1883-yilgacha Qoʻshma Shtatlarga bosh Amerika angus zotli qoramollar import qilingan. Oʻsha yili Chikagoda (Illinoys shtati) 60 aʼzoni oʻz ichiga olgan Amerika Aberdin-Angus zotdorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi, nomi 1950-yillarda Amerika Angus Assotsiatsiyasi deb oʻzgartirildi.

1917-yilga qadar ham qora ham qizil qoramollar uyushmaning Naslchilik kitobiga kiritilishi mumkin edi. Biroq, keyinchalik, qizil rangli qoramollarni roʻyxatga kiritish taʼqiqlandi. 1954-yildan beri ular Amerika Qizil Angus Assotsiatsiyasi tomonidan alohida qilib roʻyxatga olingan.

2010-yilda Amerika Angusi soni taxminan 7005320000000000000♠320000 boshni tashkil etdi, deyarli 7005300000000000000♠300000 nasldor sigirlar va 7004220000000000000♠22000 dan ortiq roʻyxatga olingan buqalar bu Qoʻshma Shtatlardagi eng koʻp goʻsht beradigan qoramol zotiga aylandi. 2021-yilda zotning saqlanish holati DAD-ISga „xavf ostida emas“ deb xabar qilindi.

Foydalanish



Amerika angusi goʻsht beruvchi zot boʻlib, faqat shu maqsadda yetishtiriladi va koʻpaytiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz