Ambras qal’asi




Ambras qal’asi (nemischa: Schloss Ambras) ― Avstriyaning Innsbruk shahrida joylashgan qal’a muzeyi. Bu shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Uning madaniy va tarixiy ahamiyati ertsgersteg Ferdinand II bilan chambarchas bogʻliq.

Qal’aning qurilishi imperator Ferdinand I ning ikkinchi oʻgʻli Ferdinand II davriga toʻgʻri keladi. 1563-yilda Tirol provinsiyasida ertsgertsog suveren boʻlgach, oʻrta asr qal’asini Uygʻonish davri qal’asiga aylantirish uchun italiyalik meʼmorlarni yolladi.

Ferdinand II Gabsburglar oilasidagi eng saxovatli sanʼat homiylaridan biri edi. Ambras qal’asida u rasmlar, haykallar, qurollar, zargarlik buyumlari va boshqalarning ajoyib toʻplamlarini toʻplagan.

Bugungi kunda Ambras sayyohlar orasida eng mashhur joylardan biri, Innsbruk erta musiqa festivalining asosiy kontsert joyidir.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz