Amber Tysiak
Amber Tysiak (talaffuzi: Amber Tisiak) (2000-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi. Amber Tysiak Belgiya ayollar super ligasi klubi "Oud-Heverlee Leuven" futbol jamoasi va Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi
Amber Tysiak Belgiyaning Houthalen-Helchteren shahrida tugʻilgan. Amber Tysiak futbol oʻynashni taxminan 5 yoshida "KFC Helson" (Helchteren) futbol klubida (oʻgʻil bolalar bilan) boshlagan.
Klublardagi faoliyati
Amber Tysiak 2016-yilda „Genk“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Bu klub safida Amber Tysiak to‘rt mavsum o‘ynagach, 2020-yil aprel oyida „Oud-Heverlee Leuven“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Amber Tysiak ilk bor 2015-yilning 28-noyabr kuni Germaniyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Belgiyaning 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan edi. Keyinchalik Amber Tysiak yoshlar oʻyinlarida muntazam ishtirok etdi. Amber Tysiak Shotlandiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi 2019-yilgi EURO musobaqasida davomida Belgiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga sardorlik qildi.
Tysiak Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2021-yilning 18-fevralida, Brusseldagi Qirol Baudouin stadionida Gollandiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (6:1) o‘tkazdi.
Amber Tysiak 2021-yil 25-noyabr kuni 2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Armaniston ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (19:0 hisobidagi g‘alaba) oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi.
Faoliyat statistikasi
2022-yil 8-oktyabr holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org