Amber Heard




Amber Laura Heard (talaffuzi: Ember Lora Herd; 22-aprel 1986-yilda tugʻilgan) amerikalik film va televideniye aktrisasidir. Film va televideniyedagi kichik rollaridan soʻng, Heard ilk marotaba All the Boys Love Mandy Lane (2006) dahshatli filmida rol ijro etdi. Keyinchalik, Never Back Down (2008) jangari filmidagi va Pineapple Express (2008) komediyasidagi ikkinchi darajali rollari unga shuhrat keltirdi. Keyingi yillarda, u The Joneses (2009), The Ward (2010), The Rum Diary (2011), Drive Angry (2011), Machete Kills (2013) va Magic Mike XXL (2015) kabi filmlarda suratga tushgan.

2017-yildan boshlab Heard DC Kengaytirilgan Koinotining Adolat Ligasi (2017), Aquaman (2018) va Zack Snyder's Justice League (2021) kabi superqahramonlar haqidagi filmlarida filmlarida atlantislik qirolicha Mera qahramonini jonlantirdi. Aktrisalikdan tashqari, Heard 2018-yildan buyon kosmetik mahsulotlar giganti boʻlmish L'Oréal Paris shirkatining global miqyosdagi vakilidir. U yana inson huquqlari aktivizmi bilan ham shugʻullanadi.

Heard 2015-yilda aktyor Johnny Depp bilan turmush quradi, biroq ular 2017-yilda ajrashishadi. Ularning ajrashishi ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi, negaki Heard Deppni munosabatlari davomida koʻp marotaba haqorat qilgan deya asossiz daʼvo qilgan. Heardning oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlish haqida yozgan op-eddan soʻng, Depp uni 2019-yilda tuhmat qilayotganlikda ayblab, sudga berdi. U yana Angliyadagi The Sun nashriytini ham tuhmat ishi boʻyicha sudga berdi.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Musiqiy videolar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz