Amazonkalar
Amazonkalar — 1) kad. yunon af-sonalaridagi jangchi ayollar. Rivoyatlarga koʻra, A. Kichik Osiyoda va Azov dengizi qirgʻoklarida yashagan va naslini saqlash maqsadida qushni qabila erkaklari bilan yilda bir marotaba jinsiy munosabatda boʻlganlar. Ulardan paydo boʻlgan oʻgʻil bolalarni otalariga qaytarib, qizlarga oʻzlari harbiy tarbiya berganlar. Ka-mon tortganda xalaqit bermasligi uchun qizlarning ung koʻkraklarini kuydi-rishgan (A. soʻzi „koʻkraksizlar“ degan maʼnoni beradi). A., odatda, latofat-li ayollar sifatida tasvirlangan. Ular haqidagi afsonalar koʻp xalqlar orasida tarqalgan boʻlib, matriarxat davrini aks ettiradi; 2) Amazonka — otliq chavandoz ayol; 3) ayollar ot minganda kiyadigan kiy-im.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org