AMAZONKA PASTTEKISLIGI -Janubiy Amerikada, yer sharidagi eng katta paettekislik. Maydoni 5 million kilometr kvadratdan ziyod. Gviana tog’ligi bilan Braziliya tog’ligi oralig’ida, And tog’laridan Atlantika okeanigacha cho’zilgan. Janubiy Amerika platformasining sineklizasi (botig’i) uchlamchi davrning dengiz, ko’ldaryo yotqiziqlari bilan to’lishi natijasida paydo bo’lgan. Amazonka pasttekisligining katta qismi ekvatorial iqlimli, 1500-3000 millimetr yog’in tushadi. Amazonka pasttekisligi doim yashil o’rmonlar bilan qoplangan. Sharqiy qismida yil qurg’oqchil va namgarchil fasllarga bo’linadi. Aholi siyrak. Neft, marganes, gematit konlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish