Amazon o'rmonlari




Amazon tropik o'rmoni , [lower-alpha 1] Amazon o'rmoni yoki Amazoniya deb ham ataladi, Amazon biomasidagi nam keng bargli tropik yomg'ir o'rmon bo'lib, Janubiy Amerikaning Amazon havzasining ko'p qismini qamrab olgan.Faktlarga qaraganda bu mintaqa to'qqiz millatga tegishli hududni va 3344 rasman tan olingan mahalliy aholini o'z ichiga oladi.



O'rmonning katta qismi, ya'ni 60% Braziliyada, qolgan 13%i Peruda, 10% Kolumbiyada va o'z miqdorda Boliviya, Ekvador, Frantsiya Gvianasi, Gayana, Surinam va Venesuelada joylashgan. Amazon Yerdagi qolgan yomg'ir o'rmonlarining yarmidan ko'prog'ini tashkil qiladi va dunyodagi eng katta va eng yaxshi biologik xilma-xil tropik o'rmonlarni o'z ichiga oladi, taxminan 16 000 turda 390 milliard individual daraxt mavjud.

Amazonda 30 milliondan ortiq aholidan 350 dan ortiq turli xiletnik guruhlar yashaydi , ular 9 xil milliy siyosiy tizimga ega va 3344 rasman tan olingan mahalliy hududlarga bo'lingan. Mahalliy xalqlarning umumiy soni 9% ni tashkil qiladi va bu guruhlarning 60 tasi asosan izolyatsiya qilingan.

Ko'plab o'rmonda keng ko'lamli o'rmonlarni qisqartirish kelib chiqa boshladi , bu albatta turli xil zararli ta'sirlarni keltirib chiqardi. Braziliyada o'rmonlarni kesish natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo'qotishlar o'rmonlarni kesish natijasida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar narxiga nisbatan taxminan 7 baravar yuqori bo'lishi mumkin deb hisoblanmoqda. 2023 yilda Jahon banki mintaqada o'rmonlarni kesishga asoslangan iqtisodiy dasturni taklif qiluvchi hisobotni e'lon qildi.

Etimologiya



Amazon nomi Fransisko de Orellana Tapuya va boshqa qabilalar bilan olib borgan urushdan kelib chiqqan nom hisoblanadi. Qabila ayollari erkaklar bilan birga jang qilishgan albatta o'z odatlariga ko'ra. Orellana Amazona nomini Gerodot va Diodor tomonidan tasvirlangan yunon mifologiyasidagi Amazonlardan olgan.

Tarix




Amazonda qo'shni Jivaro qabilalari o'rtasida janglar va urushlar bo'lgan. Braziliya va Venesuela o'rtasidagi chegara hududlaridagi missionerlarning hisobotlarida Yanomami qabilalarining doimiy o'zaro to'qnashuvlari haqida hikoya qilinadi. Yanomami erkaklarining uchdan biridan ko'prog'i o'rtacha urushlar natijasida vafot etadi.  

Munduruku Tapajos daryosi va uning irmoqlari bo'ylab kengayib, qo'shni qabilalar tomonidan qo'rqqan jangovar qabilalar sirasiga kiradi. 19-asr boshlarida Munduruku Braziliyaliklar tomonidan bo'ysundirildi.

Amazon kauchik bumi paytida, tif va bezgak kabi muhojirlar tomonidan olib kelingan kasalliklar 40 000 mahalliy Amazoniyaliklarni o'ldirganligi ko'pchilik tomonidan taxmin qilinmoqda edi.

1950-yillarda braziliyalik tadqiqotchi va tub aholi himoyachisi Kandido Rondon aka-uka Villas-Boas kampaniyasini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa hukumat va Mato Grosso chorvadorlarining qattiq qarshiliklariga duch keldi va mahalliy aholi uchun birinchi Braziliya milliy bog'ining barpo etilishiga olib keldi.

1961-yilda Richard Meyson Panara ingiliz tadqiqotchisi Amazon qabilasi tomonidan o'ldirilgan.

Matselar tashqi dunyo bilan birinchi doimiy aloqani 1969 -yilda o'rnatganlar. Bu sanadan oldin, ular Peru hukumati bilan daxshatli urush olib borishgan.

Geografiya



To'qqiz mamlakat tomonida Amazon havzalari taqsimlangan - tropik o'rmonlarning katta qismi, 58,4% Braziliya chegaralarida joylashgan. Qolgan sakkista yerga ega davlatlar: Peru 12,8%, Boliviya 7,7%, Kolumbiya 7,1%, Venesuela 6,1%, Gayana 3,1%, Surinam 2,5%, Fransiya Gvianasi 1,4% va Ekvador 1%.

Tabiiy




Manbalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz