Amaury Bischoff




Amaury Armindo Bischoff (talaffuzi: Amauri Bishoff; 1987-yil 31-martda tugʻilgan) — fransuz-portugaliyalik professional futbolchi, Fransiyaning SR Kolmar klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

„Verder“da futbolchiliknig boshlaganidan soʻng faoliyatining koʻp qismini Germaniyada, asosan Preußen Münsterda oʻtkazdi. Shuningdek, Angliyada, „Arsenal“ da bir yil oʻynadi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyat yillari



Haut-Rhinning Kolmar shahrida tugʻilgan Amauryning otasi fransuz va onasi portugaliyalik. 18 yoshida Germaniyaga koʻchib oʻtdi va Bremenning „Verder“ klubi bilan shartnoma imzoladi, faoliyatining koʻp qismini zaxirada oʻtkazdi, lekin asosiy tarkib bilan bir necha bor mashgʻulot oʻtkazdi.

2007-yil 14-martda Bishoff „Verder“ning asosiy jamoasida debyut qildi. O’sha mavsumda UEFA kubogi uchun „Celta“ ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida Diego oʻrniga oʻrinbosar sifatida maydonga tushgandi (umumiy hisobda 3:0). Bu uning klubdagi yagona rasmiy oʻyini boʻldi.

Arsenal



Bishoff 2008-yilning 1-iyulida shartnomani uzaytirishni rad etganidan soʻng „Verder“ni tark etdi. Koʻp oʻtmay, "Arsenal"ga oʻtishi yaqin ekanini aytgan bayonot berdi; keyin 30-iyul kuni tasdiqlandi.

Bishoff „Arsenal“dagi debyutini 2008-yil 6-oktabrda „Stoke City“ga qarshi oʻtkazdi. Ichki kubokda yana ikkita oʻyin oʻtkazdi, ikkalasida ham oʻrinbosar sifatida maydonga tushgandi.

2009-yil 2-may kuni Bishoff oʻzining Premyer-ligadagi birinchi va yagona oʻyinini oʻtkazdi. Jamoaning Portsmutga qarshi safardagi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyining 64-daqiqasida Theo Walcottning oʻrniga maydonga tushdi. Shartnomasi 30-iyun kuni yakuniga yetganidan soʻng, uni „kanonirlar“ qoʻyib yuborishdi, chunki asosiy tarkibga kira olmadi.

Portugaliya



2009-yil 26-avgustda Bischoff Portugaliyadagi Académica bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Primeira Ligadagi debyutini 2-oktyabr kuni oʻz uyida Maritimoga qarshi oʻyinda (2:4) oʻtkazdi.

2011-yil 30-iyunda shartnomani uzaytirish boʻyicha barcha takliflarni rad etgandan soʻng, Bischoff Coimbrani tark etdi. Koʻp oʻtmay, „Aves“ klubiga qoʻshildi.

Preußen Münster



Bischoff 2012-yilning yozida Germaniyaga qaytib keldi va bir necha mavsumni Preußen Myunster bilan 3. Ligada oʻtkazdi va sardor boʻldi.

Hansa Rostok



2017-yil 21-yanvarda Bischoff Germaniya ikkinchi divizioni vakili Hansa Rostok bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. 2019-yil iyun oyida klubni tark etishi eʼlon qilindi.

Keyingi faoliyati



Bishoff 2019-yil 5-avgust kuni Sudwest Regionalligasining Bahlinger SC jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



Bischoff fransiyani 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qildi. Biroq, 2007-yil 14-mayda Portugaliya terma jamoasida oʻynashni tanladi.

Faoliyat statistikasi



18-iyul, 2019-yilgi holat boʻyicha[20][21]

Klublarda




Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz