Amat
Amat (yana Ammit, Amit, Amt, Ammat, Amemit, Amamat[1] /ˈæmɪt/; misrcha: ꜥm-mwt — „yamlamay yutuvchi“, Ammut — „Oʻlimni yamlamay yutuvchi“) — qadimigi Misr mifologiyasida Duat (misrcha: dwȝt)da istiqomat qiluvchi, tanasi begemotniki, yoli va panjasi arsloniki, yuzi timsohnikidan boʻlgan maxluq. Amentidagi Osiris sudida agar insonga buyuk Ennead aybdor deb hukm chiqarsa, Amat aybdor insonning yuragini yamlamay yutgan.
Amat haqidagi tasavvurlar qadimgi Misrning Yangi podsholik davrining boshida paydo boʻlgan boʻlib, XIX sulola davrida toʻliq shakllangan.
Firʼavnlar daxmasidagi suratlardagi yurakni tarozida tortish sahnasida Amat tasvirlanmagan, sababi firʼavn tirikligi davrida Maatning haqiqati tashuvchisi va tarafdori hisoblanib, uni buzishga firʼavn haqli boʻlmagan. Firʼavnlar daxmasida Amat maxluq shaklida emas, balki firʼavnlar himoyachisi (qoʻriqchi) sifatida tasvirlangan. Tutanxamon (KV62) maqbarasidan topilgan zarhal begemot boshlari bilan bezatilgan krovatda „Amat Firavnni yaxshi koʻradi“ degan yozuv tushirilgan. Amat tunning ikkinchi soatidan firʼavn jasadini qoʻriqlagan, ammo Ptolemeylar davridagi „Vaqtlar kitobi“da bu jarayon kechki soat 10 deb qayd etilgan.
Galereya
Manbalar
uz.wikipedia.org