AMARAVATI



AMARAVATI — Hindistondagi shahar, Maharashtra shtatining shimoliy- sharqida. Aholisi 434 ming kishi (1991). Paxtachilik rayonnining savdo markazi. Paxta tozalash, yog’ zavodlari, Amaravatining yo’ldosh shahri Badnerada ip gazlama korxonasi bor. Hindistonda qadimda eng katta memorial inshoot hisoblangan stupaning qoldiklari saqlangan (dastlabki binosi miloddan avvalgi 2-asrda qurilgan). Amaravatida ishlangan relyeflar mashhur.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz