Amar Dedić
Amar Dedić (talaffuzi: Amar Dedich; 2002-yil 18-avgustda tug‘ilgan) — Avstriyaning Bundesligasidagi „Red Bull Zalsburg“ klubi hamda Bosniya va Gersegovina futbol terma jamoasida o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydigan bosniyalik professional futbolchi .
Dedić professional faoliyatini Red Bull Salzburg klubida boshlagan, klub esa, uni 2019-yilda Liefering klubiga va 2021-yilda Volfsberger AC kubiga ijaraga bergan.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasi Dedić 2022-yilda oʻzining xalqaro miqyosdagi debyutini oʻtkazdi.
Klubdagi faoliyati
Red Bull Salzburg
Dedić 2012-yilda Shturm Grazning yoshlar jamoasiga qoʻshilishdan oldin mahalliy klubda futbol oʻynashni boshlagan. 2015-yilda u Red Bull Salzburgning yoshlar akademiyasiga koʻchib oʻtdi. 2019-yilning avgustida u jamoa bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. U oʻzining professional debyutini 16 yoshida 26-iyul kuni „Red Bull Salzburg“ning „Liefering“ jamoasida „Amstetten“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2020-yil 19-iyun kuni u Dornbirn ustidan qozonilgan g‘alabada o‘zining birinchi professional golini kiritdi.
Iyul oyida Dedić Red Bull Salzburg bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 9-sentyabr kuni Avstriya kubogi doirasida „Bregens“ klubiga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi.
Dedić 2022-yilning 6-avgustida Red Bull Salzburg safida Xartberg klubiga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. U 6-sentyabr kuni „Milan“ ga qarshi UEFA Chempionlar ligasida debyut qildi. 19-oktyabr kuni u Avstriya kubogi doirasidagi oʻyinda Admira Vakkerga qarshi oʻyinda jamoa uchun birinchi golini urdi.
Xalqaro darajadagi faoliyati
Dedić Bosniya va Gertsegovinani barcha yoshlar darajasida himoya qildi. U 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi sardori sifatida ham ishlagan.
2022-yilning mart oyida u Gruziya va Lyuksemburg terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. U 29-mart kuni Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klubdagi natijalari
2022-yil 13-noyabr holatiga ko`ra[13]
Xalqaro maydonda
2022-yil 28-sentabr holatiga ko`ra[14]
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org