Amar Benixlef




Amar Benixlef (arabcha: عمار بن يخلف) — jazoirlik dzyudochi, Afrika chempionati chempioni va sovrindori, 2008-yilgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori.

Tarjimai hol



Bir necha bor qit’a turnirlarining g‘olibi va sovrindori bo‘ladi. Xususan, u to‘rt karra Afrika chempioni (2004 - 81 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida, 2006, 2008, 2010 - 90 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarilgan) va 2007 yilgi Afrika o‘yinlarining kumush medali sovrindori.

U Afina Olimpiadasida ishtirok etib u yerda 1/8 finalda jangni tark etadi. Amar Pekin Olimpiadasida marokashlik Muhammad Al-Asri, ispaniyalik David Alarsoy, shveysariyalik Sergey Ashvanden va fransiyalik Iv-Mate Defrevillar ustidan g‘alaba qozonadi, ammo finalda esa  gruziyalik sportchi Irakli Sirekidzega mag‘lub bo‘ladi.

Olimpiadadagi muvaffaqiyatdan so‘ng u Tokio (2008) va Parij (2010)dagi "Katta dubulg‘a" turnirlarining, shuningdek, Peskaradagi O‘rta yer dengizi o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘ladi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz