Amansio Ortega
Amansio Ortega Gaona (ispancha: Amancio Ortega Gaona; 28-mart 1936-yil, Lion viloyati, Ispaniya) — tadbirkor, milliarder, Zara, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Uterque, Stradivarius kabi brendlarni oʻz ichiga olgan Inditex yirik korporatsiyasi rahbari. Shuningdek, Ortega uy-joy, bank, turizm, gaz sanoatiga ham sarmoya kiritgan. Futbol ligasida ulushi ham bor.
2012-yilda Bloomberg uni Yevropaning eng boy kishisi deb eʼlon qildi. 2013-yilda Forbes jurnalining dunyo boylari roʻyxatida 57 milliard dollar boyligi bilan 3-oʻrinni egalladi. 2014-yilda uning boyligi 64 mlrd. dollarga yetdi.
Biografiyasi
Amansio kambagʻal xizmatchilar oilasida tugʻilgan. Yoshligidan kiyim doʻkonida tashuvchi boʻlib ishlagan. Shu yerda Rosaliya Mera bilan tanishadi va keyinchalik (1966-yili) turmush quradi. 14 yoshida oilasi bilan boshqa shaharga koʻchib oʻtadi. Bu yerda bir italyan modelyeriga yordamchi boʻladi. 1960-yili kiyim doʻkonlaridan birida menejer boʻladi. 1972-yili u oʻz tikuvchilik fabrikasini ochadi. 1975-yilda rafiqasi bilan “Zorba” nomli kiyim doʻkoniga asos soladi. Keyinroq bu doʻkon “Zara” deb nomlandi. 10 yildan soʻng Amansio ishlab chiqarish va savdo ishlari yirik xoldingiga asos soladi. 1991-yili Pull & Bear, 1998-yili Bershka brendlari faoliyatini boshlaydi.
2011-yilda Ortega “Inditex” kompaniyasi boshqaruvidan ketdi. Shu yili 536 million dollarga Madriddagi 43 qavatli Pikasso minorasini sotib oldi. 2017-yilda u dunyoning eng boy odami bo'ldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org