Amandik Batalov
Amandik Gabbasovich Batalov (qozoqcha: Амандық Ғаббасұлы Баталов)(1952-yil 22-noyabr, Nukus) – qozoq siyosatchisi, 2014—2021-yillarda Olmaota viloyatining hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
1952-yil 22-noyabrda Nukus (hozirgi Oʻzbekiston) shahrida tugʻilgan. Argʻin qabilasining Qanjigʻali urugʻiga mansub. 1975-yilda Jambul irrigatsiya va melioratsiya qurilish institutining „muhandislik va gidrotexnika“ fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan.
1981—1985-yillar – „Olmaataotdelstroy“ trestining SMU-37 katta ish boshqaruvchisi, bosh muhandisi va boshligʻi lavozmilarida faoliyat yuritgan.
1985—1987-yillar – KPSS Leninskiy tuman qoʻmitasi instruktori, qurilish va sanoat materiallarini ishlab chiqarish zavodi ishchilarining kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS Olmaota shahar qoʻmitasining qurilish va shahar xizmatlari boʻlimi instruktori lavozmilarida ishlagan.
1987—1989-yillar – Qurilish va sanoat qurilish materiallari xodimlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasi raisi boʻlib faoliyat yuritgan.
1989—1991-yillar – Qozogʻiston SSR Vazirlar Kengashi boshqarmasi qurilish va qurilish materiallari sanoati boʻlimining yetakchi mutaxassisi va bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1991—1992-yillarda – Qozogʻiston SSR Prezidenti devonining qurilish, qurilish materiallari sanoati boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan.
1992-yil – Qurilish sanoati va texnologiyalari konserni vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.
1992—1994-yillar – Olmaota shahri Kalininskiy tuman hokimi oʻrinbosari boʻlgan.
1994—1995-yillar – Leninskiy tumani maʼmuriyati boshligʻi boʻlgan.
1995—2001-yillar – Olmaota shahrining Jetisu tumani hokimi lavozmida faoliyat yuritgan.
2001-yil iyun – 2008-yil aprel oylarida, Olmaota viloyati hokimining oʻrinbosari boʻlgan.
2008-yil apreldan 2014-yil avgust oyiga qadar Olmaota viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2014-yil avgustdan 2021-yil noyabr oyigacha Olmaota viloyati hokimi vazifasini bajargan.
2016-yilda u „Nur Otan“ partiyasidan Qozogʻiston parlamenti Majlisi deputatligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan.
Shuningdek, 2001-yildan buyon Olmaota va Olmaota viloyati voleybol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Voleybol boʻyicha sport ustasi. 2008-yil iyun oyidan – „Jetisu“ Ijtimoiy tadbirkorlik korporatsiyasi Milliy kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi, 2014-yil dekabr oyidan – „SPK Jetisu“ NK OAJ direktorlar kengashi raisi.
Manbalar
uz.wikipedia.org