Amanda Ilestedt




Amanda Ilestedt (1993-yil 17-yanvarda tugʻilgan) - shvetsiyalik professional futbolchi, 1-divizion ayollar klubi Parij Sen-Jermen va Shvetsiya terma jamoasi himoyachisi .

Klubdagi karyerasi



Ilestedt 2009-yilgi mavsumda Karlskrona FFdan kelgan, lekin dastlab Malmyoning B jamoasida oʻynagan. U 2010-yilda Damallsvenskan jamoasiga oʻtdi.

2017-yilning iyun oyida Ilestedt Germaniyaning Turbine Potsdam klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi Turbinedagi ajoyib oʻyinlaridan song Shved futbolchisi Germaniyaning boshqa bir jamoasi Bavariyalik skautlar nazariga tushdi. 2019-yil Amanda Bavariyaliklar bilan shartnoma imzoladi va shu yilning may oyida u Germaniyaning Bavariya klubiga oʻtib, 2021-yilning iyunigacha Myunxenliklar sharafini himoya qildi U 2020-21-yilgi mavsumda 18 marotaba liga oʻyinida maydonga tushib toʻrtta gol urdi va klubga besh yil ichida birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2021-yil 12-iyulda Ilestedtga Fransiyaning bayroqdori PSJliklar qiziqish bildirishdi va unga shartnoma taklif qilishdi muzokalralar soʻngida Amanda ikki yillik shartnoma asosida Fransiyaning Parij Sen-Jermen klubiga oʻtdi.

Xalqaro karyera



Ilestedt 2013-yil 4-iyul kuni Angliyaga qarshi gʻalaba qoznilgan oʻyinda (4:1) Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan va ushbu oʻyinda jamoasining gʻalabasiga yordam bergan

Murabbiy Pia Sundhage Ilestedtni UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun Shvetsiya terma jamoasiga jalb qilgan.

Shaxsiy hayoti



Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili Oliver Ekman-Larsson Ilestedtning amakivachchasi. Uning bobosining akasi Sven Tumba edi.

Karyera statistikasi




Xalqaro




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar




Klub



LdB FC Malmö / Rosengård

Parij Sen-Jermen

Xalqaro



Shvetsiya

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz