Amanda Blain




Amanda Blain (1980-yilda tugʻilgan) – Toronto, Ontario, Kanadalik tadbirkor ayol, jurnalist, notiq va internet yulduzi. U faqat ayollarga moʻljallangan doʻstlik veb-sayti – Girlfriend Social asoschisi, egasi va veb-ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan. Google plus bilan bogʻliq faoliyati bilan ham mashhur boʻlib, u yerda 5 million obunachiga ega boʻlgan. Avvaliga dunyodagi eng koʻp kuzatilganligi boʻyicha 20-oʻrinda va Google Plus yopilishidan oldin esa eng koʻp kuzatilgan 1-oʻrindagi kanadalik boʻlgan.

Yoshligi



Blain Kanadaning Ontario shtatidagi Hamilton shahrida tugʻilgan. Arxeologiya va muzeyshunoslik boʻyicha tahsil olgan. Shuningdek, matematika hamda ilm-fan muxlisi boʻlmasa-da, 14 yoshidan boshlab toʻliq stavkali veb-dasturchisi boʻlgan.

Faoliyati



Girlfriend social




2009-yilda Blain Girlfriend Social, ayollar doʻstligi veb-saytini yaratib, ishlab chiqargan va ishga tushirgan „Internetda koʻplab ijtimoiy tarmoqlar mavjud boʻlsa-da, ularning aksariyati biznes tarmoqlari, allaqachon tanish boʻlgan odamlar bilan bogʻlanish, tanishuvlar yoki aloqalar bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan. Lekin yangi doʻstlar orttirish uchun saytlar juda kam“ ekaniga urgʻu bergan. Blainning bu gʻoyasi yangi shaharga koʻchib oʻtgandan soʻng va, asosan, erkak hamkasblari bilan yangi ish boshlagadan keyin paydo boʻlgan. Sayt butun dunyo boʻylab ayollarga yangi doʻstlar orttirishga imkon berish uchun yaratilib, foydalanuvchilardan hech qanday toʻlov talab qilmagan va 500 000 dan ortiq aʼzolarga ega boʻlgan. Aynan shu narsa uni dunyodagi faqat ayollar doʻstlashishi uchun yaratilgan eng katta ijtimoiy saytga aylantirgan.

Google plus



Blain Google Plus ga rasmiy beta-versiyasining birinchi kuni, 2011-yil 29-iyunda qoʻshilgan va 2011-yil 15-dekabrda texnologik darajasi boʻyicha Google tomonidan tavsiya etilgan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan. Blain platforma haqida gapirish va uni targʻib qilish bilan mashhur boʻlib, uni „haqiqiy ijtimoiy media platformasi“ deb atagan. Google Plus platformasidagi suhbatlar funksiyasidan tez-tez foydalanuvchi Blain hamjamiyat tomonidan „1-raqamli Hangout foydalanuvchisi“ deb topilgan. Blainnning taʼkidlashicha, birinchi marta Google Hangouts da virtual tanishganidan keyin minglab odamlar bilan haqiqiy hayotda uchrashgan. U 2019-yilning 1-aprelida Google Plus ning yopilishi haqida omma oldida gapirgan va bu „Ajoyib. Hayotni oʻzgartiruvchi tajriba“ boʻlganini aytgan

Jurnalist



Blain 2012-yilda shaxsiy blog va bir nechta texnologiyaga yoʻnaltirilgan veb-saytlarni ochgan. U ushbu saytlarda va boshqalarda pop madaniyati, video oʻyinlar, ijtimoiy media va virtual haqiqat kabi mavzularni yoritgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz