Amaliy evolutsiya
Amaliy evolutsiya deb evolutsiya nazariyasining amalda ishlatilishiga aytiladi. Evolutsion biologiya, xususan organizmlarning qanday tanlanishini oʻrganish qator amaliy ishlarda tadbiq etiladi. Zamonaviy biologiyada evolutsion yondashish ekologiya va hayot tarixini, uning oʻzgarishini tushunish uchun muhimdir.
Sunʼiy tanlash
Evolutsiyaning katta texnologik tadbigʻi sunʼiy tanlashdir. Odamlar minglab yillar davomidagi oʻsimlik va hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida sunʼiy tanlashni qoʻllab kelishgan. Bugunda bunday tanlash genetik muhandislikning muhim qismiga aylanib, molekular biologiyada tayinli genlar, masalan antibiotiklarga chidamlilik genlari DNKni oʻzgartirishda ishladilmoqda. Boshqariladigan evolutsiya yordamida yangi enzim yoki antitelolar kabi kerakli oqsillar qator mutatsiya va tanlash orqali shakllantirilmoqda.
Tibbiyot
Antibiotiklarga chidamlilik patogen genomdagi har 10 xromosoma replikatsiyasidagi 1 mutatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin. Patogenga qarshi antibiotik taʼsiri tabiiy bosim kabi ishlaydi; faqat shu antibiotikka chidamli mutatsiyasi bor bakteriyalargina koʻpayadi. Ular bu xossani avlodlariga oʻtkazib, natijada antibiotikka chidamli butunboshli koloniya vujudga keladi.
Organizm evolutsiyasi davomida sodir boʻlgan oʻzgarishlarni tushunish tana qismlarini qurishda kerakli va genetik kasalliklarga masʼul genlarni topishda yordam qiladi. Masalan, Meksika tetrasi turi baliqlar gʻorlardagi suv havzalarida yashab, doimiy qorongʻulikda kechgan evolutsiya tufayli koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan. Bu koʻr baliq turli populatsiyalarini chatishtirish natijasida koʻzi koʻradigan baliqlar ham tugʻildi, chunki turli gʻorlarda yashagan turli populatsiyalar turlicha evolutsiyalanib, mutatsiyalari bir xil emas edi; chatishtirish natijasida mutatsiyalar xilma-xilligi va ehtimolligi keskin oshib, koʻra oladigan baliqlar tugʻildi. Bu tajriba koʻrish va pigmentatsiyaga masʼul kristallin va Mc1r genlarini aniqlashga yordam berdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org