AMALGAMATSIYA



AMALGAMATSIYA (lotincha amalgama -qotishma) — rangli metallurgiyada asl metallar (oltin, kumush va platina) ni kukunlangan ruda yoki qumdan simob yordamida ajratib olish. Rudalar tegirmonlarda maydalanib amalga oshiriladigan Amalgamatsiya ichki, boyitish shlyuzlarida amalga oshiriladigan Amalgamatsiya tashqi deyiladi. Maydalangan rudaning suv bilan aralashmasi shlyuzda harakatlanganda metallarni mis (yoki kumush) yuritilgan listlarga surkalgan simob tutib qoladi. Elektr Amalgamatsiya usuli ham mavjud. Bunda metall simob bilan ho’llanib, shlyuzlarda o’zgarmas tok ta’sirida rudaga ishlov beriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz