Amadu Ba




Amadou Ba (1961-yil 17-mayda tugʻilgan) – ota-onasi gvineyalik boʻlgan senegallik siyosatchi. U 2022-yil 17-sentabrda Senegal bosh vaziri etib tayinlangan. 2019—2020-yillarda Senegal tashqi ishlar vaziri lavozimida foliyat yuritgan. 2013—2019-yillarda Moliya va iqtisodiyot vaziri boʻlgan.

U 2011, 2012 va 2013-yillarda New African jurnali tomonidan eng nufuzli 100 ta afrikaliklardan biri sifatida qayd etilgan.

Yoshligi va taʼlimi



1980-yilda menejment boʻyicha texnik bakalavr darajasiga erishgan. 1988-yilda Milliy boshqaruv va magistratura maktabining (ENAM) iqtisod fanlari boʻyicha korporativ boshqaruv va soliqlar va mulklar boʻyicha chuqurlashtirilgan holda magistrlik darajasi diplomini olgan.

Karyerasi



Amadou Ba 1989-yilda Diurbelda stajyor-inspektor boʻlgan. Keyin Dakardagi Soliq va mulk Bosh boshqarmasida (DGID) qoʻshilgan qiymat soligʻi birinchi boʻlimining bosh inspektori lavozimida ishlagan. 1991-yilda Parij va Baltimordagi xalqaro maʼmuriyat institutida qoʻshimcha malaka oshirgan.

1990-yildan 1992-yilgacha u Dakar-Plato boʻyicha bosh inspektor boʻlgan. Keyin 1994-yilgacha Sugʻurta direksiyasida sugʻurta boʻyicha nazorat komissari lavozimini egallagan, soʻngra tekshirish va fiskal tekshiruvlar direksiyasida tekshirish inspektori boʻlib ishlagan.

Bu lavozimlar bilan bir qatorda, Amadou Ba 1992-yilda ENAMda soliqlar va mulk boʻlimida va 1995-yildan 2000-yilgacha COFEB/BCEAO da dars bergan.

2013-yil 2-sentabrda Aminata Ture bosh vazir boʻlgach, Amadou Ba Amadu Keyn oʻrniga Moliya va Iqtisodiyot vaziri etib tayinlandi. 2023-yil 9-sentabrda u Prezident Macky Sall tomonidan 2024-yilgi prezidentlik saylovlari uchun Benno Bokk Yakaar (BBY) koalitsiyasining nomzodi etib saylandi.

Boshqa lavozimlari




Shaxsiy hayoti



Amadou Ba uylangan va uch farzandi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz