Alyuminiy-organik birikmalar




Alyuminiy-organik birikmalar  — alyuminiyning uglevodorod qoldigʻi bilan bevosita bogʻlanishidan hosil boʻlgan metallorganik birikmalar. Alyuminiy-organik birikmalarda alyuminiy bir, ikki yoki uchta uglevodorod qoldigʻi bilan boglan-gan boʻlishi mumkin (RA1C12, R2A1C1, R3A1). Alyuminiy uchalkillar — rang-siz, kislorod va namlikka oʻta sezgir suyuqlikdir. Alyuminiyuchmetil va uche-tillar havoda oʻz-oʻzidan yonish, suvda portlash xususiyatiga ega. Alyuminiy-organik birikmalar alyu-miniy-magniy qotishmasiga galloid-uglevodorodlarni, simob-organik birikmalarga alyuminiy taʼsir etttirish va boshqa yoʻllar bilan olinadi. Alyuminiy-organik birikmalar sanoatda olefinlarni past bosimda poli-merlashda katalizator sifatida va sof alyuminiy olishda qoʻllaniladi. Har xil reaksiyalarga kirishish xususiyati kuch-li boʻlgani sababli Alyuminiy-organik birikmalar toʻyinmagan uglevodorodlardan spirt ishlab chiqarishda, organik kislotalar olishda, kimyoviy elementlarning organik birikmalarini hosil qilishda ham ishlatiladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz