ALYUMINIYLI ACHCHIQTOSHLAR
ALYUMINIYLI ACHCHIQTOSHLAR -alyuminiy sulfatning ishqoriy metall sulfatlari bilan hosil qilgan qo’sh tuzlari. Alyuminiyli achchiqtoshlarning formulasi MeAl(SO4)212H2O (bu yerda Mek, Na, Li, Cs va hokazolar). Ular kub singoniyada kristallanadi, rangsiz, suvda yaxshi eriydi. Alyuminiyli achchiqtoshlar teri oshlashda, gazlamalarni bo’yashda xurush sifatida ishlatiladi, tibbiyotda ham qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz