ALYUMINIY XLORID
ALYUMINIY XLORID, A1S13 – xlorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 2440 kg/m3, qutbli molekulalardan tuzilgan organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi (100 gramm suvda 44,38 gramm). Suvli eritmalarda uning oq-sarg’ish rangli kristallogidrata A1S13-6N2O hosil bo’ladi. Qutbli molekulalar (NH3, RS13, RS15) bilan birikmalar hosil qiladi. Kaolin, boksit va boshqa tabiiy minerallarga yuqori tempraturada xlor va uglerod (N)-oksid aralashmasini ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Suvsiz Alyuminiy xlorid alkillash reaktsiyasida, neftni krekinglashda katalizator sifatida, shuningdek jun bo’yash sanoatida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz