Alyuminiy sulfat




Alyuminiy sulfat , A12(SO4)3 -sulfat kislotaning alyu-miniyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida boʻladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda eri-maydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yoʻqotadi, yuqori temperaturada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parchalanadi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qoʻsh tuzlar — achchiqtoshlar hosil qiladi. Tex-nik Alyuminiy sulfat boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota taʼsir ettirib, sof holdagi Alyuminiy sulfat esa alyuminiy gidroksidni qaynoq kon-sentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy sulfat suv tozalash, qogʻoz ishlab chiqarish, toʻqimachilik va teri oshlash sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz