Alyuminatlar




Alyuminatlar  — alyuminat kislo-talar (ortoalyuminat HjAIOj, me-taalyuminat NA1O2 va boshqalar)ning tuzlari, alyuminiy oksidning boshqa metallar bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari, umumiy formulasi R [A12O4] (R-Sa, Mg, Sr, Va, Be va hokazo). Tabiatda eng koʻp tarqalgan. Ishqoriy metallarning A. suvda yaxshi eriydi. A. turli sohalarda ishlatiladi. Mas, natriy A. NaA102 gazlamalarni boʻyashda ishqor sifatida qoʻllaniladi; kalsiy A. Sa (AYU2)2 tez qotadigan giltuproqli sementning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi; shpinellardan (ayrim II guruh metallar A.) olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda hamda qimmatbaho tosh sifatida foy-dalaniladi (yana qarang Alyuminiy). Hozirgi vaqtda nodir metallarning A. aloxida amaliy ahamiyatga ega. Ular maxsus ke-ramika, lazer va optik shishalar, uta elektr oʻtkazuvchan materiallar olishda, yadro texnikasida va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida nodir elementlar oksidlarining oʻrniga ishlatiladigan materiallardir.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz