Alyotta




ʻʻʻAliottaʼʻʻ (malta tilida Aljotta) — Malta milliy oshxonasi taomi.

Dastlab, ushbu sho‘rva sotilishi mumkin bo‘lmagan baliq turlaridan tayyorlangan. Sho‘rva, ayniqsa, katoliklarga go‘sht mahsulotini isteʼmol qilish taqiqlangan Lent davrida (Rojdestvo oldidan tutiladigan qirq kunlik ro‘za)  mashhur bo‘lgan.

Alyotta — fransuz  buyabesti (fransuzcha baliqdan tayyorlanadigan taom), portugal kaldeirada (Portugaliya va Galisiya milliy oshxonasining  baliqdan tayyorlanadigan taomi) yoki Toksan sho‘rvasi  kabi anʼanaviy O‘rta yer dengizi  hududlarida tayyorlanadigan sho‘rvalarga o‘xshab ketadi.

ʻʻʻTarkibiʻʻʻ



Anʼanaga muvofiq, bu sho‘rva kichkina baliqlardan, baliq boshi va dumidan tayyorlanadi. Xushtaʼm va mazzali bo‘lishi uchun esa unga dengiz mahsulotlari  qo‘shiladi.

Asosiy masalliqlariga sarimsoq, pomidor va mayoran (o‘simlik turi) kiradi. Sho‘rvaning quyilishi uchun unga  guruch solinadi. Qoidaga ko‘ra, unga limon sharbati ham qo‘shiladi.

Darvoqe, ushbu sho‘rvani tayyorlashning juda ko‘p retseptlari mavjud, biroq barchasida asosiy mahsulotlar ro‘yhati aynan o‘zgarishsiz qoladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz