Alyaska bayrogʻi




Alyaska bayrogʻi (inglizcha: Flag of Alaska) - AQShning Alyaska shtatining ramzlaridan biri. Bayroq 1926-yilda rus - aleut - shved millatiga mansub Alyaskada tugʻilgan 13 yoshli Benni Benson tomonidan ishlab chiqilgan va 1927-yilda Alyaska hududining rasmiy ramzi sifatida qabul qilingan.

Tavsifi



Sakkizta oltin (sariq) besh qirrali yulduzlar koʻk fonda tasvirlangan: ettita yulduz turkumi Katta ayiq, bittasi - yuqori oʻng burchakda Shimoliy Yulduz. Shimoliy yulduz boshqa 7 yulduzdan kattaroqdir.

Tarixi



1927-yil yanvariga kelib, tanlov qoidalari ishlab chiqildi va Alyaskadagi maktablarga tarqatildi. Tanlovning birinchi bosqichi mahalliy miqyosda oʻtkazilishi va har bir shaharda faqat eng yaxshi 10 ta loyihani tanlab olish va ularni Juneauga yuborish kerak boʻlgan hakamlar hayʼati tashkil etilishi kerak edi. 1927-yil 1-martga qadar shtat boʻylab 142 ta dizayn taqdim etilgan.

Bayroq birinchi marta 1927-yil 9-iyulda koʻtarilgan. Bayroq mualifi ushbu marosimda bayroq tasviri tushirilgan soat va 1000 dollarlik taʼlim stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Tarixiy bayroqlar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz