ALYASKA (Alaska) — tinch okeanning shimoliy Amerika qirg’og’i yaqinidagi keng qo’ltiq. Alyaska yarim oroli bilan Shimoliy Amerika materigi oralig’ida. Sathi 384 ming kilometr kvadrat. Chuqurligi 4929 metrgacha. Suv ko’tarilishi 12 metrgacha. Alyaskada Kadyak va Aleksandr arxipelagi, Qirolicha Sharlotta orollari joylashgan. Alyaskadagi Baranov orolida rus geografi F. P. Litke 1840 yilda tinch okeanda birinchi dengiz rasadxonasini ochgan. Baliq ovlanadi. Asosiy portlari — Syuard, Prins-Rupert.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish