Al-Xudaybiya masjidi
Koordinatalari: 41°28′9″N 69°35′09″E / 41.46917°N 69.58583°E / 41.46917; 69.58583 G O
Ali ibn Abu Tolib masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani „Birlashgan“ mahallasida joylashgan jomeʼ masjidi.
Tarixi
Masjidning bunday atalishi islom tarixidagi mashhur joy nomlaridan biri Makka va Madina yoʻnalishida Makka shahriga 20 km masofada joylashgan vodiy bo'lmish Al Hudaybiya nomi bilan bogʻliq. Hijriy sakkizinchi yilda islom tarixidagi mashhur Hudaybiya sulxi aynan shu yerda imzolangan. Ushbu joy nomidan masjidga Al-Xudaybiya nomi berilgan. Masjid 1993-yilda „Birlashgan“ mahallasi fuqarolari tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. 2004-yilda masjid qayta taʼmirlanib asosiy xonaqohda zamonaviy bezak ishlari amalga oshirilgan hamda ikkinchi qavat xonaqoh qismi qoʻshilgan.
Joylashuvi
Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi „Birlashgan“ mahallasi Beshariq 4-tor koʻchasi 17A uyda joylashgan.
Galereya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org