Al-Xor oroli




Andoza:Geokar/Umumiy tekshirishlar







Xato: blok «Koʻpchilik» andoza Geokarda yoʻq.
Xato: blok «Koʻpchilik» andoza Geokarda yoʻq.











Al-Xor oroli (arabcha: جزيرة الخور), Jazirat bin Gʻanim va Binafsha orol nomi bilan ham tanilgan, Qatarning shimoli-sharqiy sohilidagi Al-Xor munitsipalitetida joylashgan orol. U miloddan avvalgi II ming yillikka oid mamlakatdagi yagona arxeologik yodgorlikni oʻz ichiga oladi. Orolda toʻrtta asosiy ishgʻol etilganlik davri mavjud boʻlib, ular miloddan avvalgi davrlarga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 2000-yildan 1900-yilgacha boʻlgan davr aynan shulardir. Orol miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda kassitlar tomonidan boshqariladigan binafsha rang boʻyoq sanoatining markazi boʻlganligi bilan mashhur.




Geografiyasi



Al Khor oroli shimoldagi poytaxt Dohadan taxminan 50 km ga yaqin masofada joylashgan. U quruqlikka bir qancha soylardan oʻtuvchi toraygan tuproq yoʻl bilan bogʻlangan.


1,67 km² maydonni egallagan orol Al-Xor shahri tomonidan koʻrinmaydigan himoyalangan koʻrfazning sharqiy tomonida joy olgan. Koʻrfazning kengligi 2,2 dan 6,5 km gacha yetadi. U ochiq dengiz bilan janubiy uchida kengligi taxminan 750 metr boʻlgan kanal orqali bogʻlangan. Orol Al-Xor shahridan 420 metr pastdagi suv yoʻli orqali ajratilgan. Koʻpgina mangrovlar (Avicennia marina) uning janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlaridaoʻrnashgan. Orolda ichimlik suvi topilmaydi, ammo maʼlum manbalar orolga yaqin joyda joylashgan.


Bu yerda koʻplab ohaktosh toshlarini uchratish mumkin, ularning eng balandi taxminan 8.5 meter (28 ft) ga yetadi. Sohilda turli xil dengiz salyangoz chigʻanoqlari topilgan silliq hamda tekis sirtli qirgʻoq jinslari ham mavjud. Nisbatan baland tepaliklarda qabriston kabi texnogen inshootlar izlari boʻlsa-da, arxeologik kashfiyotlarning katta qismi bu tepaliklar atrofidagi tekisliklarda amalga oshirilgan.



Arxeologiyasi



Neolit davri



Neolit davrida orolning aniq mavjud boʻlgan yoki boʻlmaganligi nomaʼlum. Taxminan oroldan 6 km sharqda neolit davriga oid bir qancha lagerlar va Ubayd kulollik buyumlari topilgan. Taxminlarga koʻra, orolda neolit davri aholisi yashagan.



Erta Dilmun davri



Dilmun sivilizatsiyasidan kelib chiqqan kulolchilik orolning miloddan avvalgi Bahrayn sivilizatsiyasi bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu miloddan avvalgi 2000-1750-yillarga toʻgʻri keladi. Ilk Dilmun davriga oid sopol buyumlar, asosan, oʻrta kattalikdagi koʻza va qozonlardan tashkil topgan. Dilmun davriga oid aholi punktlari Bahrayn oʻrtasida Fors koʻrfazidagi eng yaqin muhim aholi punkti Tell Abraqgacha boʻlgan savdo sayohatlarini tezlashtirish uchun tashkil etilgan boʻlishi mumkin. Boshqa taxminlarga koʻra, lagerlar Dilmundan kelgan baliqchilar yoki marvarid baliqchilari tomonidan barpo etilgan. Bundan tashqari, kulolchilikning mavjudligi Al-Xor oroli va Dilmun sivilizatsiyasi aholisi oʻrtasidagi savdo-sotiqdan dalolat beradi, ammo bu davrda Qatar aholisining kamligi tufayli ham bu holat sodir boʻlishi mumkin emas deya hisoblaniladi.



Kassit davri



Kassitlar orolda binafsha rang boʻyoq sanoatini miloddan avvalgi 1400-1100-yillarda rivojlantirganlar. Qatar aholisi va kassitlar oʻrtasida ham savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Topilmalar orasida 3 000 000 ezilgan salyangoz chigʻanoqlari va Kassit kulollik buyumlari mavjud. Taʼkidlanishicha, orol binafsha mollyuskalar boʻyogʻining eng qadimgi ishlab chiqarilgan joyi hisoblanadi. Boʻyoq Murex salyangozidan olingan va „Tyrian binafsharangi“ deb nomlangan.



Sosoniylar davri



Sosoniylar davrining oxiriga mansub artefaktlar topilgan boʻlib, miloddan avvalgi 400-600-yillari yasalgan buyumlar ham uchragan.



Kechki islom davri



Al-Xor orolida soʻnggi islom davriga oid topilmalar ham mavjud.



Kashfiyot



Mission Archéologique Français à Qatar, Jacques Tixier boshchiligidagi fransuz jamoasi bu joyni 1976-yilda kashf etgan.



Galereya




Yana qarang




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz