Alxa ligasi
Alxa ligasi yoki
Alashàn ligasi (
Alshaa viloyati ) — Ichki Moʻgʻulistonning 12 ta prefektura darajasidagi boʻlinmalaridan biri. Alxa ligasi shimolda Mo'g'uliston, shimoli-sharqda Bayan Nur, sharqda Wuhai va Ordos, janubi-sharqda Ningxia, janub va gʻarbda Gansu shahrlari bilan chegaradosh. Alxa ligasi poytaxti —
Bayanhot shahri . Alxa ligasi aholisi mongol tilining Alasha dialektida soʻzlashadi.
Demografiyasi
2010-yilgi aholini roʻyxatga olish roʻyxatida Alxa ligasi hududida 231,334 nafar aholi roʻyxatga olingan. Alxa — Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatining eng kam aholi yashaydigan hududi.
Alxa ligasi hududiga Tengger choʻlidan bir qancha aholi koʻchirilgan.
Iqtisodiyoti
Alxa ligasida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi butun Xitoy profekturalari orasida eng yuqori oʻrinda turadi. 2013-yilda aholi boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi taxminan 30 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Mintaqada boylik bir tekis taqsimlanmagan va mahalliy aholi sonining kamligi tufayli statistik maʼlumotlar hamisha oʻzgarib turadi. Samarali iqtisodiy faoliyatning katta qismi mintaqada faoliyat yurituvchi, tabiiy resurslarni qazib oluvchi bir qancha yirik kompaniyalar homiyligida amalga oshiriladi. Bunday kompaniyalar orasida „China Kingho“ korporatsiyasining „clean coal“ texnologik operatori va Ichki Moʻgʻulistonda joylashgan „Taiximei Group“ kabilar mavjud. Alxa ligasi uzoqda joylashganligi sababli, iqtisodiy faoliyatning katta qismi Xitoyning boshqa qismlaridan kelgan mehnat muhojirlari koʻmagida amalga oshiriladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulotning yuqoriligi Xitoyning boshqa shaharlaridan kelib ishlovchi muhojirlar oyligiga taʼsir qilmaydi.
Maʼmuriy boʻlinmalar
Alxa ligasi uchta bannerga boʻlingan:
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org