Alvaro Morata
Alvaro Borxa Morato Martin (ispancha: Álvaro Borja Morata Martín; 23 oktabr 1992, Mostoles, Madrid) ispaniyalik futbolchi, Yuventus va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi.
Faoliyati
Klubdagi
2008 yili Real Madrid Alvaroni Xetafening yoshlar jamoasidan sotib oldi va Real Madridning "Juvenil C" jamoasi tarkibiga qo'shildi. 2009 yil noyabr oyida "Juvenil"larning barchasida (A, B va C) va "Real Madrid C" jamoasida ketma-ket o'yinlarida ishtirok etdi. 2010 iyul oyida "Juvenil A" jamoasida o'tkazgan muvaffaqiyatli ishtiroki (ikkita titul va 34 ta gol) natijasida Real Madrid Kastilya jamoasiga o'tkazildi. Keyinchalik Real Madrid bosh murabbiyi Jose Mourinho uni va to'rtta klubdoshini AQShga mavsumoldi safarga olib ketdi.
2010 yil 15-avgustda Alkorkon jamoasi bilan bo'lgan o'yinda Real Madrid Kastilya safida debyutini o'tkazdi. Ligada esa shu yilning 29-avgustida "Korusho" bilan bo'lgan o'yinda debyut qildi. Birinchi golini 31-oktyabr kuni "Alkala" darvozasiga kiritdi.
2010 yil 12-dekabrda Realning birinchi jamoasi safida ilk o'yinda Saragosaga qarshi 89-daqiqada Angel di Maria o'rniga maydonga tushdi. O'n kundan so'ng, Qirollik kubogi o'yinlarida ham Levantega qarshi (8:0) debyutini nishonladi. 2011 yilning yanvarida Gonzalo Higuaín jarohat olganidan so'ng, Alvaroni ko'pchilik mutaxassislar asosiy tarkibga qo'shiladi degan fikrlar bergandilar. Ammo Mourinho bu tanlovdan voz kechdi. O'sha kezlarda Morata 4 ta o'yinda ketma-ket 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi, lekin jamoa Emmanuel Adebayor bilan shartnoma imzoladi. 13-fevral kuni u faoliyatidagi birinchi xet-trigini "Deportivo B"ga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi.
2012/13 mavsumdan boshlab, Morata asosiy jamoaning tarkibiga qo'shildi va mavsumoldi o'tkazilgan o'yinlarda ishtirok etdi.
2012-yil 11-noyabr kuni Ispaniya chempionatining 11-turida "Levante"ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvda maydonga 83-daqiqada tushib, ikki daqiqa o'tmasdan hal qiluvchi golini urib, o'zining chempionatdagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. "Real" o'sha o'yinda 1:2 hisobida g'alaba qozondi .
Terma jamoadagi
2009 yili Morata 17 yoshgacha o'tkazilgan jahon chempionatiga chaqirildi, u yerda 4 ta o'yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ispaniya federatsiyasi Yaponiyada o'tkazilgan 19 yoshgacha xalqaro turnirga Alvaroni ham chaqirdi. Ushbu turnirda uning jamoasi Yaponiyaga g'alabani boy berib, ikkinchi o'rinni egallashdi.
Ishtirok etish statistikasi
2011-yil 29 may holatiga.
Erishgan natijalari
Real Madrid Ispaniya yoshlar terma jamoasi Xususiyati
Ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi, tez harakatlanadi va gol sezish qobiliyati kuchli. Morataning o'ynash uslubiga qarab, Real Madridning sobiq hujumchisi Fernando Morientesga ham ko'pchilik o'xshatadi.Uzatma va zarbalarni hech qachon qo'ldan bermaydi.Gol urish uchun kerak bo'lsa tavakkal qiladi.
Izohlar
Havolalar
uz.wikipedia.org