ALUNIT



ALUNIT (Fransuzcha alun — achchiqtosh) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Formulasi— KA13[SOJ2[OH]6. Qattiqligi 3,5—4,5. Sof og’irligi 2,6—2,8. Alutin asosan mayda zarrali zich va bo’sh (zichlashmagan) holda uchraydi. Rangi oq, kulrang va qizg’ish. Kristall donalari shishaga o’xshash yaltiroq. Zich va tup-roqsimon agregatlari xira bo’ladi. Alutin vulkan jinslarga magmadan chiqqan issiq sulfat oksidli eritmalar ta’sir etishidan hosil bo’ladi. Rossiya Federatsiyasi (uzoq Sharq), Ozarbayjon, Ukrainaning g’arbida, AQSh, XXR, Avstraliya, Eron, Meksika va boshqa joylarda konlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz