ALTERNATIVA



ALTERNATIVA (Fransuzcha alternative; lotincha alter — ikkitadan biri) — 1) mumkin bo’lgan ikki yoki bir necha qaror, tutilgan yo’l, kerakli variantlar va boshqalardan birini tanlash zarurati. 2) mantiqda — ikki yoki undan ortiq, mazmunan birbirini inkor etuvchi imkoniyatlardan birini zaruran tanlash (alternativ hukm). Fikrning aniq va izchil bo’lishi uchun Alternativa unga nomuvofiq mulohazalarni istisno qilishda ham foydalaniladi. Matematik mantikda Alternativa deb ikki argument (asos)ni “yoki” bog’lovchisi (“v” yoki “t”) orqali bayon qilish tushuniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz