ALTERATSIYA



ALTERATSIYA (lotincha alteratio — o’zgartirish) — 1) musiqada asosiy tovushqator pog’onalarini (nomini saqlagan holda) o’zgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga balandlatish yoki pastlatish. 2) garmoniyada Alteratsiya tovushqatordagi noturg’un pog’onalarni xromatik o’zgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida o’zgargan pog’onalar mavjud bo’lgan interval yoki akkordlar Alteratsiyalashgan interval va akkordlar deb yuritiladi; 3) biologiyada — mexanik kuch, issiqlik; elektr toki, kimyoviy moddalar va boshqalar ta’sirida hujayra va to’qimalar funktsiyasining o’zgarishi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz