Altay Bayındır




Altay Bayindir (1998-yil, 14-aprelda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, „Fenerbahçe“ klubi va Turkiya terma jamoasi darvozaboni.

Jamoalardagi faoliyati



Bayindir Superligadagi debyutini MKE Ankaragücü tarkibida 2018-yilning, 30-noyabr kuni 1–1 hisobida yakunlangan „Chaykur Rizespor“ga qarshi oʻtkazdi.

2019-yilning, 8-iyulida Bayindir „ Fenerbahçe“ bilan toʻrt yillik shartnomaga imzoladi. Bayindir jamoadoshi Harun Tekin bilan oʻyindagi bahsdan soʻng birinchi darvozabonga aylandi. 2019-yil, 19-avgust kuni u Fenerbahçedagi debyut oʻyinini Shukrü Saracogʻlu stadionida „Gazishehir Gaziantep“ klubiga qarshi oʻtkazdi, oʻyinda „Fenerbahçe“ 5–0 hisobida gʻalaba qozondi.

2020-yil, 3-oktyabrda Fatih Karagümrükga qarshi kechgan uchrashuvda Erik Sabo tomonidan yoʻllangan penalti zarbasini qaytardi va 2-1 hisobida Fenerbahçe foydasiga hal boʻldi. 2020-yil, 6-dekabrda „Denizlispor“ga qarshi kechgan uchrashuvda Radoslav Muravski tomonidan yoʻllangan penalti zarbasini qaytardi va bu oʻyinda Fenerbahçe 2–0 hisobida gʻalaba qozondi. Bu oʻyin davomida u jami 7 ta seyv amalga oshirdi, bu oʻyinda Serdar Azizning maydongan chetlatilishidan soʻng Fenerbahçe 10 kishi boʻlib qoldi.

2021-yil, 30-oktabrda Fenerbahçe „Konyaspor“ga qarshi oʻyinda 2–1 hisobi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda Bayindir 69-daqiqada Serdar Gurler bilan toʻqnashib ketdi, toʻqnashuv natijasida jarohat oldi va maydonni tark etdi, oʻrniga Berke Oʻzer tushdi. Ertasi kuni Fenerbahçe klubi bayonot berdi, „Altay Bayindirning yelkasida sinish aniqlanmasa ham, akromiyoklavikulyar ajralish kuzatildi. Futbolchimiz operatsiya qilishga qaror qildik va uni davolashni boshlandi.“ U taxminan 3 oy maydonga tusha olmaydi.

Xalqaro martaba



Yoshlar



Bayındır 2018-yilgi Tulon turnirida Turkiya U-20 terma jamoasini himoya qilgan.

Kattalar



Bayindir 2020-yil, 9-noyabrda UEFA Millatlar ligasida Vengriya va Rossiyaga qarshi oʻyin uchun Shenol Gunesh tomonidan Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2021-yil, 27-mayda Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

Shaxsiy hayoti



Bayindir 1998-yilda Osmangazi shahrida abxaz-cherkes oilasida tugʻilgan. U musulmon.

Karyera statistikasi



Klub



matches played 21 May 2022[18][19]

Xalqaro



match played 29 March 2022[20]

Manbalar




Havolalar




Andoza:Fenerbahçe S.K. squadAndoza:Turkey squad UEFA Euro 2020

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz