Altai (Qozog‘iston)






Altai  – (qozoqcha: Алтай, ruscha: Алтай) Qozogʻistonning Sharqiy qismida joylashgan ahamiyatiga ega shahar. Altai 2019-yilgacha Zyryan (qozoqcha: Зырян, Zyrian) yoki Zyryanovsk (ruscha: Зыряновск) deb nomlangan. Altai Ziryan tumanining maʼmuriy markazi hisobnadi. Altai shahri 1791-yilda tashkil etilgan va 1941-yilda shahar maqomini olgan. Aholisi: 39320 (2009-yil aholini roʻyxatga olish natijalari). 1999 - yil aholini roʻyxatga olish natijalariga ko`ra Altai shahri aholisi 43.894 kishini tashkil qilgan.




Joylashuv



Zyryanovsk Rudniy Oltoyda Berezovka daryosining boʻyida joylashgan. 183 km uzunlikdagi temir yoʻl Zyrianovskni Ust-Kamenogorsk bilan bogʻlaydi. Bundan tashqari, Zyryanovsk orqali Ust-Kamenogorsk – Raxmanovskie Kluchi va Ust-Kamenogorsk – Bolshenarimskoe avtomobil yoʻllari oʻtadi.




Sanoati



Zyrianovsk (Oltoy shahri) shahriga 1791-yilda G. G. Zyrianov tomonidan asos solingan. Ushbu shaharning rivojlanish tarixi kompleks-ruda konini ekspluatatsiya qilish bilan uzviy bogʻliq. Zyrianovskda koʻplab ishlab chiqarish kombinatlari („Kazzink“ boʻlimi) mavjud. Ushbu kombinatlar tarkibi ikkita kondan iborat. Bular: Maleevskiy va Grexovskiy.



Taʼlim



Oltoy shahrida Sharqiy Qozogʻiston davlat texnika universiteti markazi, shuningdek, tibbiyot kolleji, agrar-texnika kolleji, gumanitar kollej, qurilish va transport kolleji va bundan tashqari sanoat kollejlari faoliyat yuritadi. Shaharda 8 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, 3 ta kutubxonasi, maʼdaniyat boʻlimlari, jihozlar va sport saroyi va kerakli uskunalar saqlanuvchi uy mavjud.



Mashhur shaxslar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz