Al-Seeb klubi





Al-Seeb klubi (arabcha: نادي السيب ; Imperator yoki „Klublar ustasi“ yoki oddiygina Al-Seeb yoki Seeb klubi nomi bilan ham tanilgan) — Al-Seeb shahrida joylashgan Ummon professional futbol klubi, Ushbu klub Ummon Professional ligasida, eng yuqori pogʻonada ishtirok etadi. Klub uy maydoni — „Al-Seeb“ stadioni hisoblanadi. Stadion hukumatga tegishli boʻlishiga qaramasdan, klub oʻzining shaxsiy stadioni va sport jihozlariga, shuningdek, ushbu stadionda oʻtkaziladigon oʻzining mashgʻulotlariga ega. 2022-yilda klub Ummon ligasi, Sulton Qobus kubogi va OFK kubogini qoʻlga kiritib, Mavsumni yakunda „Trebl“ bilan yakunladi.




Tarixi



Al-Seeb klubi 1972-yil 3-yanvarda Al-Seeb hududidagi toʻrt xil kichik jamoalarni (Vatan, Butolah, Hilol va Fida) birlashtirgandan soʻng tashkil etilgan. Toʻrtta jamoa bir nechta uchrashuvlardan soʻng birlashishga va Al-Seebni tashkil etishga kelishib oldilar. Klub 2002-yil 26-iyunda rasmiy roʻyxatdan oʻtgan.


Shihob Bin Tariq 1982-yildan beri Al-Seeb rahbari va raisi hisoblanadi. U 1975-yilda universitetda oʻqishni tugatgandan soʻng klubga qoʻshildi va keyin klubda voleybol boʻyicha oʻzining ilk jamoasida oʻynay boshladi. U shuningdek futbol, basketbol va stol tennisi kabi boshqa oʻyinlarda ham qatnashgan. Uning otasi ham sportchi boʻlgan, Uning otasi oʻz navbatida xokkeychi va suzuvchi boʻlgan.



Koʻplab sport klublari



Garchi asosan oʻz futboli bilan tanilgan boʻlsa-da, Al-Seeb klubi Ummonning boshqa koʻplab klublari singari, oʻz roʻyxatida nafaqat futbol, balki xokkey, voleybol, gandbol, basketbol, badminton va skvoshga ham ega. Ularda Ummon yoshlar ligasida ishtirok etadigan yoshlar futbol jamoasi ham mavjud.



Libos va ranglar



Al-Seeb klubi tashkil etilganidan beri toʻliq sariq yoki yashil (mehmonda) libos kiyishi maʼlum (odatda sariq yoki yashilning quyuqroq koʻrinishi boʻladi). Yillar davomida libosda ularning turli xil homiylari ramzi ham aks etgan. Hozirda Adidas ularni oʻz toʻplamlari bilan taʼminlaydi.



Yutuqlar



Milliy unvonlar











Yutuqlar (Boshqa sport turlari)



Xokkey




Gʻolib 1989, 1991, 1992, 1993, 1994, 1996, 1997
Ikkinchi oʻrin 1995 yil

Gʻolib 1993, 1994, 1995
Ikkinchi oʻrin 1996 yil

Gʻolib 1990-91, 1991-92
Ikkinchi oʻrin 1992-93
Stol tennisi




Gʻolib 1994-95
Basketbol




Gʻolib 1987-88, 2000-2001, 2003-04, 2007-08
2-o‘rin sohibi 1986-87, 1988-89, 1989-90, 1992-93, 1993-94, 1994-95, 1995-1996, 1998-99, 2002-03, 2004-05,

Gʻolib 1995-96
Ikkinchi oʻrin 1994-95

1990-91, 1995-96 yillarda ikkinchi oʻrin sohibi
Gandbol




Gʻolib 2006-2007, 2007-08
2-o‘rin sohibi 1988-89, 1999-00, 2001-02, 2002-03, 2003-04, 2005-06

1988-89, 1990-91 yillarda ikkinchi oʻrin sohibi
Voleybol




G‘olib 1988-89, 1989-1990, 1990-91, 1993-94, 1995-96, 1996-97, 2007-08
2-o‘rin sohibi 1987-88, 1991-92, 2007-08

Klublar faoliyati — Xalqaro musobaqalar



OFK musobaqalari




UAFA musobaqalari




Oʻyinchilar



Birinchi jamoa tarkibi



 




Xodimlar



Texnik xodimlar




Manbalar:




Havolalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz