Alrie Meleisea





Alrie Meleisea (1992-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — professional bokschi va MMA jangchisi. Meleisea — sobiq Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi va UBF Osiyo-Tinch okeani boʻyicha ogʻir vazn toifasi chempioni. Hozirgacha u jahon reytingidagi bokschilar Nailini Helu va Hamilton shahri bokschisi Kirsty Lupeamanu ustidan ikkita gʻalabaga erishdi.


Meleisea Boxrec reyingi boʻyicha 4-oʻrinni, WBC World Rankings reytingida 8-oʻrinni egallagan. Meleiseaning eng yuqori reytingi 2019-yil oktyabr oyida qayd etilgan, u WBA World Rankingsda 3-oʻrinni egalladi. Uning ushbu reyting natijasi 2021-yil sentyabrida faoliyatidagi birinchi magʻlubiyatidan soʻng olib tashlandi.




Professional boksdan oldin



Meleisea 1992-yil 22-noyabrda Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida tugʻilgan. U boshidanoq Red Line jangovar akademiyasida Vasko Kovachevich qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazgan. Professional boʻlishdan oldin Meleisea toʻrtta korporativ boks jangini oʻtkazdi va barcha janglarda gʻalaba qozondi.



Debyuti (2016-yil)



2016-yilning 28-oktyabr kuni Meleisea Adrian Taihiya Heluga qarshi maydonga tushdi. Dastlab Helu yarim ogʻir vazn toifasidagi NZPBA chempioni unvoni uchun Cheyen Vaanga bilan jang oʻtkazishi rejalashtirilgan edi, ammo jarohati tufayli Whaanga jangdan bir hafta oldin qatnashmasligini eʼlon qildi. Meleisea 48 soat ichida Heluga qarshi kurashish ucun mashgʻulotlarni boshladi va uni jangga chaqirdi. Ushbu jangda u hisobdagi farqlar hisobiga gʻalaba qozondi.


2016-yil 5-noyabr kuni Meleisea Yangi Zelandiyaning Hamilton shahrida Lupeamanuga qarshi bahs olib bordi. Meleisea Yangi Zelandiya ogʻir vazn toifasi mutaxassislarini hayratda qoldirib, bir ovozlik qaror bilan jangda gʻalaba qozondi. Jangdan toʻrt oy oʻtgach, Lupeamanu oʻsimta tufayli faoliyatini tugatishga majbur boʻlganini eʼlon qildi va bu Meleiseaga qarshi jangini professional boksdagi soʻnggi jangiga aylantirdi.



Yangi Zelandiya chempioni



2017-yil 10-martda Meleisea boʻsh boʻlgan NZPBA va vakant UBF Asia Pacific ogʻir vazn toifasi unvonlari uchun Hely bilan jang olib bordi. Meleisea faqat ikki hakamning qarori bilan jangda gʻalaba qozondi, biroq tomoshabinlar va ijtimoiy tarmoqlarning munosabati 50/50 boʻldi, baʼzilari buni munozarali qaror deb hisoblashdi.


2017-yil 18-avgustda Meleiseaning keyingi raqibi kikbokschi Sara Long ekanligi eʼlon qilindi. Oʻsha paytda Sara Long Kikboksingda toʻqqizta jang va professional boksda toʻrtta jang oʻtkazgandi. Jang dastlab oktyabr oyida boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq Promouter va Longning murabbiyi Terri Tuteruning iltimosi bilan jang qoldirildi. 2017-yilning 6-oktyabrida jang 11-noyabr kuni ABA stadionida boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi. Jangda Long ikkinchi raundda nokdaunga uchradi. Meleisea bir ovozdan qaror bilan Yangi Zelandiya milliy unvonini saqlab qoldi.



Shaxsiy hayoti



Meleiseaning oyoqlarida Samoa orollari madaniyati merosining bir qismi sifatida Malo deb nomlangan tatuirovka bor. Tatuirovka yoshligida 5 kundan ortiq vaqt ichida boʻlib-boʻlib tushirilgan.



Professional boks unvonlari




Professional boks statistikasi








Mukofotlar va eʼtiroflar




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz