Alp mintaqasi




Alp mintaqasi  — togʻlardagi tabiiy balandlik mintaqasi, asosan moʻ’tadil va subtropik kengliklarda, aksari togʻ-oʻtloq landshaft tipidan iborat. Subalp mintaqasidan yuqorida joylashgan togʻlarning balandroq qismida Alp mintaqasi nival mintaqasi bilan al-mashinadi. Alp mintaqasining balandlik holati geografik kenglik, namlik darajasi va yon bagʻirlarining ekspozitsiyasi bilan bogʻliq. Alp togʻlari va Gʻarbiy Kavkazda Alp mintaqasi 2000 m dan 3000 m gacha, Himolay togʻlarining janubiy yon bagʻirlarida 3600 m dan 5000 m gacha oralikdagi balandli-klarni egallagan. Moʻ’tadil va subtro-pik kengliklardagi togʻlarning seryogʻin yon bagʻirlarida aniq namoyon boʻlgan; yuqoriroq kengliklarda togʻ-tundra mintaqasi, quyiroq kengliklarda esa baland togʻ-dasht va choʻl mintaqasi; ekva-torial kengliklarda oʻtloqlar (paramos) mintaqasi bilan almashinadi. Relefning togʻ-muzlik shakllari keng tarqalgan. Iqlimi sovuq, qor qoplami qalin (6-10 oy saqlanadi), vegetatsiya davri qisqa, qattiq shamollar boʻlib turadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 15°, iyulniki 14° chama-sida, yillik yogʻin miqdori 1000 mm va undan koʻp; tez-tez qor koʻchkilari boʻlib turadi. Alp oʻsimliklari (butazor va oʻtloqlar) keng tarqalgan. Xoʻjalikda asosan yozda yaylovlar sifatida foy-dalaniladi. Hayvonot dunyosi quyi mintaqalarga tez koʻchib oʻta oladigan turlar (alqor, serpa, yovvoyi echki va boshqalar) yoki qishki uykuga ketadigan kemiruvchilardan iborat.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz