ALP
ALP — 1) qad. turkiy xalqlarda ikki qo’shin o’rtasidagi jang boshlanishidan avval yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi Bahodir jangchi, muboriz. Alplar qo’shinning Zarbdor kuchi hisoblangan va ularning soni uncha ko’p bo’lmagan. Alplarning qahramonligi, jasurligi aksar hollarda jang natijasini hal qilgan; 2) o’zbek xalq dostonlarida g’ayri tabiiy kuch-qudrati, mardligi, jasorati va aql farosati bilan ajralib turadigan qaqramon sifati. Barvasta, sog’lom, baquvvat jussali kishilar ham Alpga qiyos qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz