Alouddin Xalji




Alouddin xalji , Alouddin Muhammadshoh I — Dehli sul-tonligi hukmdori (1296- 1316). Ama-kisi Jaloliddin Xaljini xiyonatkorona oʻldirib taxtni egallagan. Sal-tanatni mustahkamlab, hududini ken-gaytirgan. Yagona maʼmuriy tizimni joriy qilgan, soliqlarni tartibga solgan. Musulmon ruhoniylarining davlat ishlariga aralashuviga chek qoʻygan. Iqtodorlar va musulmon-diniy muassasalari (inomlar va vaqflar) davlat xazinasi foydasiga musodara qilingan, yerlardan olinadigan soliq miqdori ancha oshirilgan. A. X. davrida dehqonlardan olinadigan natural soliqlar miqdori hosilning yarmigacha oshirilgan. A. X. ul-kan qoʻshin tuzgan, moʻgʻullar salta-natning shimoli-gʻarbiy chegaralariga qilgan bosqinlarini bir necha marta (1303-08) qaytargan. Oʻz navbatida Jan.


Hindistonda zafarli urushlar olib borgan (1306-13 yillardagi Dekan yurishlari). A. X. Ashoka davridan soʻng birinchi boʻlib butun Hindiston hududini oʻz ichiga olgan yagona davlat tuzishga erishgan.


















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz