Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy





Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy  — (1226—1283 yillar) tarixchi va davlat arbobi bo‘lgan.


Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy yoshligidan arab, fors, moʻgʻul, uygʻur tillarini mukammal oʻrgangan. Xurosondagi moʻgʻul hukmdorlari Qir-koʻz, Argun ogʻa va Xuloku devonida xizmat qilgan. 1247—53 yillarda Qoraqurum (Moʻgʻuliston)ga borgan. Elxonlarnnng Bagʻdoddagi noibi (1259-83, tanaffuslar bilan) vazifasida xizmat qilgan.
Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy Moʻgʻuliston, Oʻrta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi „ Tarixi Jahonkushoy “ nomli shoh asari bilan shuhrat topdi. Asar 3 qismdan iborat: 1) moʻgʻullar; ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon davri (1246-48 y.)gacha, shuningdek, Joʻjixon, Chigʻatoy va ular avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshoxlar va Xurosonning moʻgʻul hukmdorlari davridagi (1258 y.gacha) tarixi; 3) Xulokuxonning Eronni zabt etishi (1256-58 y.), shuningdek, ismoiliylar va ularning davlati tarixi batafsil bayon etilgan. Oʻrta Osiyo tarixi uchun asarning 1-2 qismlari alohida qimmatga ega.












Adabiyotlar




Manbalar





















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz