Alouddin Ali Samarqandiy





Alouddin Ali Samarqandiy (arabcha: علاء الدين علي سمرقندي — Alouddin Ali Samarqandiy — Toʻliq ismi: Alouddin Ali ibn Yahyo Samarqandiy Qurmoniy Hanafiy (vafoti 1456 yoki 1475-yil atrofida yashagan)) — Mufassir va Qur’on ilmi olimi.



Hayoti va ijodi



Alouddin Ali Samarqandiy Qur’on ilmlari bilan mashgʻul boʻlgan, hanafiy olimlaridan boʻlgan mufassirning tavalud topgan yili toʻgʻrisida maʼlumot saqlanmagan. Ayrim manbalarda 860/1456-yil Qurmon shaharlaridan boʻlgan Lorandada vafot etgan deb keltirilsa, boshqa manbalarda esa 880/1475-yilda deb ham koʻrsatiladi.
Alouddin Ali Samarqandiy Alouddin Buxoriydan (vafoti 860/1456) taʼlim olgan. Alouddin Ali Samarqandiyning quyidagi asarlari mavjud: „Tafsiru-l-qur’on“ („Qur’on tafsiri“, 4 jildli, to
„Mujodala“ surasigacha), „Hoshiya ala sharhi-sh-shamsiya“ („Sharhu-sh-shamsiya“ga hoshiya-izoh"), „Hoshiya ala sharhi-l-mutoli“ („Sharhu-l-mutoli’“ga hoshiya-izoh"), „Hoshiya ala sharhi-l-mavoqif fi-ilm-ul-kalam li-s-sayyidi-sh-sharif“
("Sayyid Sharifning „Sharhu-l-muvofiq“ asariga hoshiya-izoh"), „Bahru-l-ulum fi-t-tafsir“ („Tafsirdagi ilmlar ummoni“).
Alouddin Ali Samarqandiy „Bahru-l-ulum fi-t-tafsir“ nomli asarini yozishda, tafsirga oid koʻpgina kitoblardan foydalangan va oʻzidan ancha foydali iboralarni qoʻshgan.
Bu kitob toʻrt jilddan iborat boʻlib, „Mujodala“ surasida tugagan.
Asarning „Juma surasi“ (inv. № 76-05226), „Baqara surasi“ (inv. № 77-05226) qismi Riyoz shahridagi „Markaz al-Malik Faysal li-l-buhus va-d-dirosati-l-islomiyya“ kutubxonasida saqlanmoqda.






Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz