Aloqabank





"Aloqabank"  — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki. 1994-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtgan. Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri), Xorazm (Urganch shahri) filiallari bor. Respublikada asosan aloqa tarmogʻini qayta qurish va rivojlantirishga oid davlat dasturlarida ishtirok etadi, fan-texnika yutuqlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi, davlat byudjetining kassa ijrosiga doir hisob-kitoblarni moliyalashtiradi, mijozlarga turli bank xizmatlar koʻrsatadi.
Aksiyadorlik kapitali summasi (mln. soʻm, 1997-yil 1-yanvar) 42,3, zaxira kapitali 10,5, berilgan kreditlar 136,9, koʻrilgan yillik foyda 67,8; jami aktivlari 724,1.



Yutuqlari



2021-yilda Global Banking & Finance Awards-2021 jahonning yetakchi moliya tashkilotlari reytingini eʼlon qildi. Reytingda Aloqabank Oʻzbekistondagi Eng yaxshi korporativ bank sifatida qayd eʼtilgan.



Rasmiy ilovasi



Bankning rasmiy ilovasi — Zoomrad, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.


Ilova yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va koʻplab boshqa xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirish mumkin. Shuningdek, bank kartalari oʻrtasida pul oʻtkazmalari ham yoʻlga qoʻyilgan. Toʻlovlar va oʻtkazmalar uchun ilovada keshbek berilishi koʻzda tutilgan. Keshbek sanoqli bank ilovalaridagina taqdim qilinadi.



Manbalar
















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz