Aloqa kabeli




Aloqa kabeli  — axborotlarni turli tok chastotalarida uzatish uchun moʻljallangan kabel. Aloqa kabeli orqali tele-grammalar, fototasvirlar, telefon soʻzlashuvlari, televizion eshittirishlar, hisoblash markaziga kelgan statik maʼlumotlar va boshqa uzatiladi. Aloqa kabeli, aso-san, simli aloqa oʻrnatishda ishlatila-di. Tuzilishiga koʻra, simmetrik va koak-sial; uzatiladigan chastotalar spektriga koʻra, past chastotali (10 kGs gacha), yuqori chastotali (10 kGs dan yuqori); ishlati-lish sohasiga koʻra, uzoq joy bilan aloqa (shaharlararo) va mahalliy aloqa (shahar telefon tarmoqlari, qishloq aloqasi, radioeshittirish va boshqalar); oʻtkazish usuliga 364koʻra, yer ostiga yotqiziladigan, havodan oʻtkaziladigan va boshqa xillarga boʻlinadi. Simmetrik kabellarining tok oʻtkazuvchi simlari 0,3-1,6 mm diametrli misdan yasaladi. Izolyatsiyalangan simlar juft-juft qilib buraladi. Past chastotali simmetrik Aloqa kabelining juftlari soni 1 dan 4800 gacha, koaksiallarniki — 2 dan 20 gacha boʻladi (har qaysi juft 3600 gacha telefon soʻzlashuvlarini uzatishi mum-kin).Aloqa kabelining qobigʻi qoʻrgʻoshin, alyumi-niy, poʻlat, plastmassa, metall-plastmas-sadan yasaladi. Shahar telefon aloqasida sim tolalari yigirma-oʻttizdan ikki ming va undan ham koʻp quyi chastota-li Aloqa kabeli ishlatiladi. Koʻp kanalli aloqa oʻrnatish uchun yuqori chastotali simme-trik kabellar, televideniye dasturini uzatish uchun esa koaksial Aloqa kabeli lar kerak. Aloqa kabeli mustahkam, sifatli va nuqsonsiz aloqa oʻrnatishga imkon beradi.



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz