Alomatchoy





Alomatchoy (Agrimonia; qadimgi yunoncha: ἀργεμώνη) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 10 ta turi maʼlum. Oʻzbekistonda Alomatchoyning bir turi (A. asiatica) uchraydi. U toq, patsimon bargli, mayda sariq gulli, sertuk oʻsimlikdir. Tarkibida S va K vitaminlari, flavinoidlar, 18% gacha oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Qaynatmasi tabobatda meʼdaichak, bod, istisqo kasalliklarini davolash hamda bavosilda qon ketishini toʻxtatish uchun ishlatiladi.



Adabiyotlar




Manbalar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz