Aloisio





Aloísio dos Santos Gonçalves , ( Aloísio yoki Luo Guofu 洛国富 nomi bilan tanilgan. 1988-yil 19-iyunda tugʻilgan), professional futbolchi, „America Mineiro“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Braziliyada tugʻilgan, u Braziliya fuqaroligidan voz kechgan va 2020-yilda Xitoy fuqaroligini qabul qilgan.




Klubdagi faoliyati



Aloisio Gremio bilan ilk professional shartnomasini 2006-yilning iyunida besh yilga imzolagan. Klub 7,25 million funt sterling tovon puli toʻlashni shartnoma bandiga qoʻshib bqoʻygan. Aloisio toʻliq debyutini 2006-yil 14-oktyabrda „Gremio“ safida „San Caetano“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan.


2007-yilning avgustida u Shveysariyaning ikkinchi divizioni "Kyasso " klubiga ikki mavsumga ijara asosida oʻtgan.


2011-yil 18-mayda u oʻzining sobiq jamoasi „Chapekoense“dagi ajoyib oʻyinlari tufayli Braziliyaning A Seriya klubi „Figeyrense“ga qoʻshilgan. U 19 ta oʻyinda 14 ta gol urib, „Chapekoense“ni Chempionlar kubogiga olib chiqgan.


2012-yilning 1-dekabrida Aloisio "Sao Paulo" bilan oldindan shartnoma imzolaganini tasdiqlanagan, bu shartnoma unga Yevropaning yirik klublaridan shartnoma taklif qilinganda taqdirda "Sao Paulo"dan isteʼfoga chiqarilishi belgilangan. 7-dekabr kuni „Sao Paulo“ klubi prezidenti Juvenal Juvensio Aloisio 2013-yilgi mavsumda jamoada oʻynashini tasdiqlagan.


2013-yilning 10-iyulida Aloisio oʻz maydonida Baiyaga qarshi oʻyinda (1:2) Braziliya Ligasida Sao Paulo tarixidagi 1000-golini kiritgan. Keyingi oʻyinda Aloisio Portuguesa de Desporosga qarshi bahsda (2:1) gol urgan. Bir hafta oʻtgach, CR Flamengoga qarshi oʻyinda Aloisio yana bir bor gol muallifiga aylangan. 2013-yil 27-oktabrda Aloisio oʻzining ilk xet-trikini "Sao Paulo" klubida "Internacional "ga qarshi bahsda kiritigan.


Aloisio 2014-yilning yanvarida Xitoy Superligasi vakili „Shandong Lunen“ga 5 million yevro evaziga oʻtgan. U Xitoy Superligasining 2015-yilgi mavsumida 28 oʻyinda 22 ta gol urgan holda toʻpurar boʻlgan. Aloisio 2016-yilning iyulida Superliganing boshqa jamoasi „Hebei China Fortune“ga qoʻshilgan.


2018-yilning 16-yanvarida Aloisio Xitoyning birinchi ligasiga yangi kelgan Meizhou Meixian Techandga qoʻshilgan va ikki yillik shartnoma imzolagan.



Xalqaro faoliyati



2021-yil 7-sentabrda Aloisio 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Yaponiyaga qarshi oʻyinda (0:1) xalqaro maydonda debyut qilgan. Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi xalqaro oʻyinida Aloisio gol urgan.



Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro





Yutuqlar



Klub



Gremio

Chapekoense

Shandong Luneng

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz